Boshlang‘ich imkoniyatingizni biling
Har bir kasbning o‘z maoshi, xarajatlari va qarzlari bor. Moliyaviy holatingizni baholang va birinchi maqsadingizni belgilang.
Kasb tanlang. Sarmoya kiriting. O‘z strategiyangizni quring. QadamGo’da har bir qaror sizni moliyaviy erkinlikka yaqinlashtiradi — yoki yangi saboq beradi.

Hajmli doska, jonli figuralar va har yurishda yangi moliyaviy qaror. O‘z sur’atingizda o‘ynang.
Xona yarating, kodni ulashing va do‘stlaringiz bilan bir doskada kuch sinashing.
Biznesni boshqaring, resurslarni taqsimlang va kompaniyangizni bosqichma-bosqich rivojlantiring.
Har bir kasbning o‘z maoshi, xarajatlari va qarzlari bor. Moliyaviy holatingizni baholang va birinchi maqsadingizni belgilang.
Zar tashlang, doska bo‘ylab harakatlaning va bitimlarni baholang. Sarmoya, bozor o‘zgarishi va kutilmagan xarajatlar — qaror sizdan.
Passiv daromadingiz xarajatlaringizni qoplaganda, Tez yo‘l bosqichiga o‘tasiz. Endi oldingizda katta bizneslar va yangi maqsadlar bor.
Do‘stlaringizni taklif qiling, natijalarni solishtiring va yangi bilimlarni ulashing.
Xona oching va taklif havolasini Telegram orqali do‘stlaringizga yuboring.
Xona ochish ↗Haftalik va oylik reyting, qisqa darslar va o‘yin haqidagi fikrlaringiz.
Hamjamiyatga kirish ↗QadamGo’ni telefon bosh ekraniga qo‘shing. Onlayn xonalar uchun internet kerak.
Avval moliyaviy muvozanatni yarating. Keyin katta maqsadlar sari harakat qiling.
Har bir kasb uchun alohida moliyaviy ssenariy. Maosh, xarajat va qarz nisbatini solishtiring.
Maktab o'qituvchisi
Bilim ulashadi — byudjet hisoblaydi
Shifokor
Bemorlarni davolaydi — o'zini emas
Taksi haydovchi
Kun bo'yi yo'lda — Cobalt qarzda
Dasturchi
Kod yozadi — kapital yig'adi
Savdogar
Bozor rastasidan tortib do'kongacha
Bank xodimi
Boshqalarning pulini sanaydi
Usta
Uylar quradi — o'zinikini orzu qiladi
Ofitsiant
Choyxonada choy quyadi, choy puli yig'adi
Fermer
Yer ishlaydi — hosil kabi o'sadi
Huquqshunos
Shartnomalarni o'qiydi — bitimlarni ham
Davlat idorasi menejeri
Barqaror lavozim, kam xarajat — sekin, lekin ishonchli yo'l.
Tender mutaxassisi
Tenderlarni yutishni biladi — endi o'z moliyasini
Kichik biznesdan aksiyalargacha — o‘yin ichidagi imkoniyatlarni solishtiring va strategiyangizga mosini tanlang.

Kutilmagan xarajatlar va yangi imkoniyatlar. O‘zgarayotgan vaziyatga moslashish ham strategiyaning bir qismi.
Aktiv va passiv, naqd pul oqimi, investitsiya daromadliligi va ipoteka — murakkab tushunchalarni o‘yin orqali o‘rganing. Qoidalar bo‘limida har biri sodda misollar bilan tushuntirilgan.

2 300 000 so'm → 3 100 000 so'm
O‘z strategiyangizni sinab ko‘ring. Keyingi imkoniyat bir yurish narida.